Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining rasmiy veb-saytidagi “Vakansiyalar” ruknini tanlash orqali vacancy.argos.uz portaliga kirib barcha ochiq vakansiyalar to‘g‘risida maʼlumotlarni olsa bo‘ladi.


Ochiq vakansiyaga arizalar faqat elektron tarzda shaxsiy kabinetning “Vakansiya” ruknidan kerakli ochiq vakansiyani tanlab “Hujjatlarni yuborish” tugmasi orqali yuboriladi.


Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining rasmiy veb-saytidagi “Vakansiyalar” ruknini tanlash orqali vacancy.argos.uz portaliga o‘tib, “Kirish” tugmasi orqali ro‘yxatdan o‘tiladi.


Nomzodning “Mening profilim”dagi maʼlumotlari avtomatik ravishda my.mehnat.uz saytidan integratsiya natijasida shakllantiriladi.


Ochiq vakansiyalar lavozim sohasi, lavozim darajasi, lavozim turi, malaka darajasi, hudud hamda ish haqi bo‘yicha tanlash imkoniyati bor.


Shaxsiy kabinetga kirib “Vakansiya” rukniga kirib “Hududni tanlang” oynasi orqali kerakli hudud tanlanganda, ushbu hudud bo‘yicha mavjud bo‘lgan barcha ochiq vakansiyalar ro‘yxati shakllantiriladi.


Ochiq vakansiyaga topshirgan nomzodlarning barchasi suhbatda ishtirok etadilar. Suhbat o‘tkazish sanasini “Mening vakansiyalarim” ruknidan kerakli vakansiyani tanlab “Ariza holati” ruknida ko‘rish mumkin. Bundan tashqari suhbat o‘tkazish sanasi belgilangan vaqtda sizning profilingizga kiritilgan emalingizga ham bu haqida xat yuboriladi.


Shaxsiy kabinetga kirib “Mening vakansiyalarim” ruknidan kerakli vakansiyani tanlab “Ariza holati” ruknidan ko‘rish mumkin.


Bunda nomzod Shaxsiy kabinetiga kirib “Mening vakansiyalarim” rukniga kirib, bekor qilinayotgan vakansiyani tanlab “Bekor qilish” tugmasini bosish orqali amalga oshiradi.


Nomzod to‘g‘risidagi maʼlumot avtomatik ravishda my.mehnat.uz saytida shakllantiriladi, agar nomzod xatolikni topsa “Maʼlumotlarni yangilash” tugmasi orqali maʼlumotlarni o‘zgartirishi mumkin. Biroq, o‘zgartirilgan maʼlumotlar to‘g‘riligiga nomzod shaxsan javobgardir.


Agar Siz ID raqamini yoki parolni unutib qo‘ygan bo‘lsangiz Identifikatsiyalashning yagona tizimi orqali (https://id.egov.uz/) ID raqami yoki parolni qayta tiklashingiz mumkin.